Yozyovon tumanida giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlagan shaxs fosh boʻldi
Yozyovon tumani. 2023-yilning 05-iyun kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Yozyovon mahalla hududida yashovchi yashovchi M.E.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 353 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati