Yozyovon tumanida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi
Yozyovon tumani. 2022-yilning 02-dekabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Q.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida qoʻzdan kechirilganda, yashash uyi ichki qismida ilingan holdagi kostyumining choʻntagida quritilgan holda marixuana giyohvandlik moddasi saqlayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati