14 Aprel 2023 yil 365

Yozyovon tumanida gashish giyohvandlik moddasini avtomashinasida saqlagan shaxs qo‘lga tushdi

Yozyovon tumani. 2023 yilning 07 aprel kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Qorasoy mahalla hududida yashovchi Т.Z boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashina salonida “Gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech