24 Avgust 2022 yil 405

Yozyovon tumanida fuqaroning avtomashinasini sotib olib pullarini bermay aldagan shaxs javobgarlikka tortildi

Yozyovon tumani.Fuqaro T.I joriy yilning 25-aprel kuni IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 25-sentabr kuni noma’lum shaxs Xiyobon koʻchasida ishonchiga kirib, uning “KIA Bongo” rusumli avtomashinasini 13.200 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, pullarini olib kelib berishini aytib avtomashinasini olib ketib, aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan avtomashinani Andijon viloyatida yashovchi fuqaroga 10.000 AQSH dollariga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni S.D sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech