Yozyovon tumanida choyxonani qimorxonaga aylantirgan shaxs qoʻlga olindi
Yozyovon tumani.2022-yilning 16-mart kuni Fargʻona viloyati IIB JQB hamda Yozyovon tumani IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Guliston mahallasidan oʻtgan qismida yoʻl yoqasida joylashgan M.M.ga tegishli choyxona xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, choyxona xonalarining birida 10 nafar shaxslarga tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyini oʻtkazish uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, qimor oʻyinidan jami 1900 AQSH dollari, 12 million 502 ming soʻm pullar, choyxona egasi M.M.dan qimor oʻyiniga sharoit yaratib berganligi uchun olingan 150.000 ming soʻm pullar, suyak oshiqlari va stakanlar daliliy ashyo tariqasida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 2-qismi “a” bandi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish)da koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati