Yozyovon tumanida bir bosh qoramolni oʻgʻirlagan ikki nafar shaxs qoʻlga tushdi
Yozyovon tumani. Beruniy mahalla hududida yashovchi fuqaro A.N IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 02-noyabr’ kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, molxonasida boʻlgan narxi 4.900.000 soʻmlik bir bosh qoramolini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni N.X. va T.T.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati