1 Iyul 2023 yil 376

Yozyovon tumanida avtomashina olib qochgan shaxslar qoʻlga olindi

Yozyovon tumani. 2023-yil 30-iyun kuni M.S viloyat IIBning “102” tizimiga murojaat qilib, shu kuni soat 02:30 dan 03:30 ga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs, oʻzi qorovul boʻlib ishlab kelayotgan Soyyoni mahalla hududida joylashgan ziyoratgoh hovlisida turgan, oʻziga tegishli “Tиco” rusumli avtomashinasini noma’lum shaxslar boshqarib olib qochib ketganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv xarakatlari davomida, ushbu jinoyatni S.I hamda X.I.lar sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalil bilan ushlangan. Avtomashina texnik soz holda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech