8 Aprel 2023 yil 566

Yozyovon tumanida 17.300.000 soʼmlik qurilish mollarini oʼgʼirlatgan fuqaro IIBga murojaat qildi

Yozyovon tumani. Fuqaro D.А IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 21 mart kuni nomaʼlum shaxs Soyboʼyi mahalla hududida joylashgan qurilishi bitmagan binosi oldida qarovsiz qoldirilgan jami narxi 17.300.000 soʼmlik qurilish mollarini yashirin ravishda oʼgʼirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan S.X sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʼz mol-mulkingiz, pul mablagʼlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʼgʼirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʼshgan boʼlasiz.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech