General-mayor Azizbek Ikramov ta’lim muassasalarida tashkil qilinayotgan yozgi oromgohlar holatini o‘rgandi
Ma’lumki yoz mavsumida o‘g‘il-qizlarni mazmunli tashkillash, ular ishtirokida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini oladi. Ayni maqsadda har yili ta’lim muassasalari negizida yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlari tashkillanadi. Boshqarma boshlig‘i Farg‘ona shahridagi 10-son umumta’lim maktabida tashkil qilinayotgan oromgoh faoliyatini o‘rganish maqsadida muassasada bo‘ldi.
Maktabning mavsumga tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi. Mas’ullar bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘quvchilarni oromgohga jalb qilish, ularga munosib sharoit yaratish, kun tartibini samarali ishlab chiqish, jinoyat va huquqbuzarlik sodir qilishga moyil bo‘lgan, ichki ro‘yxatda turadigan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.
Oldinda turgan ustuvor vazifalar, hamkorlikda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan belgilab olindi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati