11 Fevral 2025 yil 2297

Farg‘ona davlat universitetida yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan tadbir tashkil etildi

Xabaringiz bor, Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi viloyatimizda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, joylardagi targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etmoqda.

Farg‘ona davlat universitetida ishchi guruh hamda viloyat IIB mas’ullari tomonidan talabalar ishtirokida ana shunday tadbir tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olganlar yoshlarning jamiyatda mustahkam o‘rin egallashlari, bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi, biroq ayrim yoshlarda ma’naviy-axloqiy ko‘nikmalarning yetarli emasligi oqibatida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilayotganligi ta’kidlandi.

O‘g‘irlik, firibgarlik, tovlamachilik, giyohvandlik hamda yot g‘oyalar ta’sirining huquqiy oqibatlari misollar orqali yig‘ilganlarga yetkazildi.

Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Text to speech