Uchko‘prik tumanida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va OITS profilaktikasiga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Uchko‘prik tumani IIB voyaga yetmaganlar bilan ishlash inspektor-psixologi va mas’ul xodimlar tomonidan, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 37-sonli umumta’lim maktabida, yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Salomatlik markazi shifokorlari bilan hamkorlikda “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida ma’ruzalar tashkil etildi. Shuningdek, OITS va OIV infeksiyalari haqida ma’lumotlar berilib, ularning salbiy oqibatlari va oldini olish usullari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.
Targ‘ibot ishlari davomida yoshlarga salomat hayot tarzi, toza muhitda yashash va jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish orqali kelajakni sog‘lom avlod bilan barpo etish zarurligi alohida ta’kidlandi.