Fargʻona davlat universitetida “Yoshlarning ma’naviy-ahloqiy holatiga salbiy ta’sir koʻsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, ahloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʻllari” mavzusida tadbir tashkil etildi
Tadbirda matematika-informatika fakulteti rahbariyati, Fargʻona viloyati IIB TXTB xodimi va fakultet tyutorlari ishtirok etdi.
Fargʻona viloyati IIB TXTB xodimlari tomonidan dunyoda avj olayotgan asr vabosi narkotik moddalarga qarshi kurashish, talabalar boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ular oʻrtasida giyohvandlikning oldini olish, ota-onalar va mahalla faollarining bu boradagi masuliyatini oshirish lozimligi aytb oʻtildi.
Ma’lumki, nafsini jilovlay olmaydigan, e’tiqodi zaif, irodasi boʻsh, yoshlarni oʻz domiga ilib oladigan bunday illatga qarshi kurashish uchun, aholi orasida, oilada, maktab va mahallada mutasaddi tashkilotlar bilapn hamkorligida muntazam tushuntirish ishlari olib borilish lozim boʻladi.
Hozirda, oʻgʻil-qizlarning zamonaviy bilim va kasbga ega boʻlishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan boʻlishiga qaramay, ayrimlari bu yoʻlga kirib qolmoqda. Nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar balki barcha bu illatga qarshi kurashishi kerakligi tushuntirildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati