6 Noyabr 2025 yil 988

Voyaga yetmaganlar  va yoshlar jinoyatchiligi muhokama etildi

Viloyat IIB JXX Huquqbuzarliklar profilatikasi boshqarmasi boshlig‘i D.A.Azizov rahbarligida inspektor-psixologlar bilan belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 10 oy yakuni bo‘yicha yutuq va kamchiliklar ko‘rib chiqildi.

Prezidentimizning “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan inspektor-psixolog lavozimi joriy etilgan edi. O‘tgan davr mobaynida voyaga yetmaganlar jinoyatini olishda inspektor-psixologlar tomonidan barcha ta’lim muassasalarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi va ijobiy natijalarga erishildi.

Biroq, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xam yo‘q emas. Shu sabab rahbar tomonidan voyaga yetmaganlar bilan ishlash mexanizmi tushuntirilib,  kelgusida barcha xodimlarga maktabay, o‘quvchibay ishlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech