20 Iyul 2022 yil 323

Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi

Tadbirda Respublika davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, yoshlar ishlari agentligi, viloyat IIB rahbariyati hamda shahar tuman xokimlarining yoshlar ishlari masalalari boʻyicha oʻrinborsarlari ishtirok etdilar.

Oʻquv amaliy seminari davomida bevosita oʻgʻil-qizlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, ularning boʻsh vaqtini sifatli va samarali tashkil etish, yoshlar daftariga kiritilganlar bilan tizimli ishlarni tashkil etib, ularning qiziqish va intilishlarini xisobga olgan xolda ijtimoiy faol hayotga yoʻnaltirish, bandligini ta’minlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash kabi masalalarga toʻxtalib oʻtildi.

Bunda bevosita joylardagi yoshlar tarbiyasiga va kelajagiga mas’ul boʻlgan mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faollarining oʻzaro jipsligini ta’minlash, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jonlantirish lozimligi tushuntirildi.

Darhaqiqat, yoshlar kelajagiga hozirdanoq mas’uliyat bilan yondashish turli koʻngilsiz holatlarning oldini olishga, oilalar tinchligi va hotirjamligiga, yurtimiz taraqqiyotiga hissa boʻlib qoʻshiladi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech