Yoʻlovchi haydovchini pullarini oʻgʻirladi
Fargʻona shahar.Fuqaro R.M IIBga murojaat qilib, unda 15-noyabr kuni noma’lum shaxs boshqaruvidagi “Мyersedes” rusumli avtomashinasiga yoʻlovchi sifatida chiqib, Sharshara koʻchasiga kelgan vaqtida, uning e’tiborsizligidan foydalaniib, avtomashina oʻrindigʻi ustida boʻlgan 3.100.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni T.X sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot choorasi qoʻllanilgan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati