18 Noyabr 2022 yil 396

Yoʻlovchi avtomashinada qarovsiz qolgan haydovchining telefon apparatini oʻgʻirladi

Margʻilon shahar. Fuqaro O.M IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 31-oktabr kuni noma’lum shaxs “Neхia-3” rusumli avtomashinasiga yoʻlovchi sifatida chiqib oʻrindiq ustida qarovsiz qolgan narxi 1.300.000 soʻm boʻlgan "Samsung A 13" rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanlgini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan M.O sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech