17 Sentyabr 2022 yil 405

Yoʻl harakati xavfsizligi ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi

Viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari F.Usarov boshchiligida viloyat IIB JXX YHXB rahbariyati hamda Maxsus ekspulatatsiya-montaj boʻlimi ishchi-xizmatchilari ishtirokida boʻlim xizmat faoliyatini yaxshilash, avtomobil yoʻllarida sodir etilishi mumkin boʻlgan yoʻl-transport hodisalarini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda, Fargʻona viloyati hududida joriy yilning oʻtgan 8 oyi davomida sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari tahlil etildi. Yoʻl harakati xavfsizligini tartibga soluvchi svetofor qurilmalarini ishlash darajasi, yoʻl belgilarining holati, yoʻl yotiq chiziqlarining sifat darajalari muhokama qilindi.

“Maxsus ekspulatatsiya-montaj boʻlimi” xodimlarini bilim darajasini yuksaltirish, hududlar bilan sohada oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ushbu boʻlimning moddiy texnika bazasini mustahkamlash sifatli mahsulotlar, xom ashyo va zamonaviy qurulmalar bilan ta’minlash boʻyicha zarur topshiriqlar berildi.

Sohada amalga oshiriladagan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech