5 Fevral 2025 yil 2405

Farg‘ona viloyati  IIB da 2024 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Yig‘ilishda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash Departamenti rahbari, general-mayor Davron Nazarmuhamedov ishtirok etdi.

Videoselektor tarzida tashkil etilgan tadbirda 2024 yilda jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar 2025 yilda bajariladigan ustuvor vazifalar tahlil qilindi. Erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, ularning kelib chiqish sabablari muhokamaga qo‘yildi.

Shuningdek, xodimlar o‘rtasida kasb madaniyatiga rioya etish, xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, eng asosiy maqsad xalqimiz osoiyshtaligi  hamda huquq va manfaatlarini ta’minlash ekanligi ta’kidlandi

2025 yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan eng ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech