Yertoʻladan 10.000.000 soʻmlik mislarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar. Fuqaro I.M IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 31-oktabr kuni noma’lum shaxs Shoxruxobod koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uy yertoʻlasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, yertoʻlasida saqlanayotgan 10.000.000 soʻmlik mis kabellarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati