Fargʻona “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uyida Fargʻona shaxar IIO FMB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi tomonidan Yangi yil archasi bayram tadbiri tashkil etildi.
Bayram tadbirida “ Muruvvat “ uyining 45 nafar tarbiyalanuvchilariga 16 yoshga yetgani munosabati bilan birinchi marotaba fuqarolik pasportlari ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, Fargʻona shaxar IIO FMB rahbariyati “ Muruvvat “ uyi tarbiyalanuvchilarini yangi yil bilan tabriklab, ularga bayram sovgʻalari ulashdilar.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: