31 Mart 2020 yil 670

Yana bir “kissavur” ni qilmishi fosh boʼldi

Fargʼona shahri. Maorif koʼchasida yashovchi M.D. 13 fevral kuni soat 13:30 larda dehqon bozoriga borgan vaqtida egnidagi kurtkasini choʼntagida boʼlgan, narxi 500 000 soʼmlik “MI 4X” rusumli uyali telefon apparatini nomaʼlum shaxs oʼgʼirlab ketganini bildirgan.  

Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi(kissavurlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergovga kirishilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida yuqoridagi jinoyatni Fargʼona shahrida yashovchi M.M. sodir etganligi aniqlanib, oʼgʼirlangan uyali telefon apparati daliliy tariqasida olinib, M.M.ga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. 

Fargʼona viloyat IIB tomonidan fuqarolarning buyumlarini oʼgʼirlab, oson yoʼl bilan pul topishni oʼziga kasb qilgan shaxslarni fosh etishga va javobgarlikni muharrarligini taʼminlashga qaratilgan tezkor tadbirlar izchillik bilan davom ettiriladi. 



Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech