28 Mart 2020 yil
638
Yana aliment toʼlashdan bosh tortib, tergovdan yashiringan shaxs ushlandi
Qoʼqon shahri. Qoʼqon shahar IIO FMB tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Oʼzbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli Qoʼqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan Аsqar M. 27.03.2020 yilda qoʼlga olingan.
Fargʼona viloyat ichki ishlar boshqarmasi qidiruvda boʼlgan shaxslar haqida maʼlumotga ega boʼlgan fuqarolardan yaqin oradagi ichki ishlar organlariga xabar berishlarini soʼrab qoladi.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati