17 May 2022 yil 401

Farg'ona shahridagi xonadonlarning birida tuvakda taqiqlangan o'simliklarni parvarishlayotgan shaxs fosh bo'ldi

Farg'ona shahri.14 may kuni shahar IIO FMB HPB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tadbir davomida, Ipak yo'li ko'chasida yashovchi X.D.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, xonadon hovlisida tuvakka ekilgan xolatdagi jami 4 tup “kannabis” giyohvandlik o'simliklarini parvarishlayotganligi aniqlanib, dalilmiy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Farg'ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech