18 May 2022 yil 388

Fargʻona shahrida xonadonga oʻgʻirlikka tushgan shaxslar qoʻlga tushdi

Fargʻona shahri.Nafis ko`chasida yashovchi I.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2-may kunidan 4-may kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, uyida boʻlgan umumiy narxi 10.600.000 soʻmlik pichoqlar jamlanmasi, musiqa uskunasi, ayollar kiyimi, sochiqlar va qurilish asbobini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligi bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Shahar IIO FMB 4-son IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni K.A va O.B.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlanishgan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech