Xonadondan uy jixozlarini oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi
Fargʻona shahar.A.Yassaviy koʻchasida yashovchi M.A IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 07-iyul kuni noma’lum shaxs, xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadonida boʻlgan narxi 2.000 AQSH dollarilik mebel va boshqa uy jixozlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni G.T sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati