13 Sentyabr 2022 yil
496
Xonadondan tilla-taqinchoq va pullarni oʻgʻirlagan voyaga yetmagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona shahar.07-sentabr kuni voyaga yetmagan D.B Yangiasr koʻchasi K.D tegishli boʻlgan Yangiasr koʻchasida joylashgan xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi umumiy narxi 6.000.000 soʻmlik tilla-taqinchoqlari xamda 600 AQSH dollarini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati