Xonadondan tilla taqinchoq va pullarni oʻgʻirlagan ayolga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Bagʻdod tumani. Maylovoy mahalla hududida yashovchi fuqaro R.M IIbga murojaat qilib, unda 2022-yilning 28-oktabr kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib yotoqxonasidagi sumkasi ichida boʻlgan umumiy narxi 5.000.000 soʻmlik 1 dona tilla bilakuzuk, 2 dona tilla uzuk, 1 dona tilla zanjirlarini va shu xonadagi jovon tortmasida boʻlgan 150.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni N.Z ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati