Xonadondan sandiq ichida boʻlgan 11.000.000 soʻm pullarni oʻgʻirlagan voyaga yetmagan shaxs fosh boʻldi
Oltiariq tumani. Fuqaro S.S IIBga murojaat qilib, unda 14-yanvar kuni noma’lum shaxs Shalola mahalla hududida yashovchi S.S.ning yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, yashash xonadoni yotoqxonasi sandigʻida boʻlgan 11.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiraiq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati