26 Oktyabr 2022 yil 408

Xonadondan 7000 AQSH dollar pullarini oʻgʻirlagan voyaga yetmagan shaxslar aniqlandi

Fargʻona shahar. Ogoxiy koʻchasida yashovchi fuqaro U.A IIBga murojaat qilib, unda 14-oktabr kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, yashash uyidagi shkaf ichida boʻlgan kostyumi choʻntagidan jami 7.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan T.U va M.K sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech