23 May 2023 yil 361

Xonadondan 21.000.000 soʻmlik tillo-taqinchoqlarni yashirin ravishda oʻgʻirlagan shaxs jabrlanuvchining yaqin qarindoshi boʻlib chiqdi

Fargʻona shahar. A.Qodiriy koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uylarning birida yashovchi G.O ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 9-may kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, yashash xonadonida boʻlgan narxi 21.000.000 soʻmlik tillo-taqinchoqlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni jabrlanuvchi G.O.ning yaqin qarindoshi M.U sodir etganligi aniqlanib, shunga koʻra mazkur jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandidan 169-moddasi 1-qismiga qayta malakalangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech