15 Oktyabr 2022 yil 366

Xonadondagi sandiqchadan pullarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona tumani. Mozortagi mahalla hududida yashovchi K.A IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 27-sentabr kunidan 03-oktabr kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasida boʻlgan sandiqchasidan 560 AQSH dollari hamda 7.600.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni K.Sh sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech