Uy sotib olmoqchi boʻlgan fuqaro pullariga aldandi
Qoʻqon shahri. Joriy yilning 05-aprel kuni fuqaro X.J IIBga murojaat qilib, unda 2020-yil iyun oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, 40.000 AQSH dollari evaziga oʻziga tegishli boʻlmagan Toshkent shahar, Yashnaobod tumanida joylashgan koʻp qavatli uydagi xonadonni sotishligi va hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, vadasini bajarmasdan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni D.N sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati