30 Avgust 2025 yil 114

Farg‘ona viloyati IIB rahbariyati tomonidan xizmat burchida halok bo‘lgan xodimlar oilalari holidan xabar olindi

Mustaqillik bayrami arafasida, viloyati IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov xizmat burchida halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari oilalari holidan xabar oldi.

Tashrif davomida Dang‘ara tumanida mayor Mardonqulov Nodirjon Qodirjonovich, Furqat tumanida kapitan Qurbonov Rustamjon Baxodirovich hamda O‘zbekiston tumanida katta leytenant Mirzaev Rustamjon Islomovichning oila-a’zolari bilan uchrashib, ularning holidan xabar olindi. Uchrashuvlarda marhum xodimlarning xotirasi yod etildi, oilalari bilan suhbat o‘tkazilib, zarur moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi.

El-yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi va farzandlarimiz kelajagi yo‘lida o‘z hayotini fido etgan qahramonlar xotirasi doimo yuragimizda yashaydi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech