4 Fevral 2022 yil 1870

Xalq bilan muloqot

Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, 3-sektor rahbari, polkovnik Doniyor Tashxodjayev aholining turmush darajasini oʻrganish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida viloyatimizni chekka hududlaridagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga kirmagan, ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasi holati ogʻir mahallalarda boʻldi.

Jumladan, Bagʻdod tumanidagi Bordon, Buvayda tumanidagi Ponsod, Oltiariq tumanidagi Chordara, Rishton tumanidagi Navbahor, Uchkoʻprik tumanidagi Katta Qoʻshtepa mahallalarida oʻrganish olib borilib, xalq bilan yuzma-yuz muloqot qildi.

Muloqot jarayonida hududlarni obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlarini yoʻlga qoʻyish, aholining kam ta’minlangan qatlamiga moddiy yordam koʻrsatish borasida hokim yordamchilari, MFY raislari hamda sektor rahbarlariga zarur tavsiyalar berdi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech