28 Yanvar 2020 yil 976

Yozyovonda fuqaro yashash joyining tom qismida giyohvand moddalarini saqlab kelganligi aniqlandi.

2019 yil 22 noyabr kuni, soat 15:00 larda, tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan o'tkazilgan tadbir davomida, Yozyovon tumani Yoshlik m.f.yda yashovchi, M.Oni yashash uyi xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida, tom qismida nasha giyohvand moddasiga o'xshash moddalarni saqlab kelayotganligi aniqlanib, tekshirib ko'rish uchun daliliy ashyo tariqasida IIBga olingan. Viloyat IIB ekspert xodimlarining xulosasiga ko'ra, M.Oni yashash uyidan olingan moddaning sof vazni 47 gramm "marixuana" giyohvand moddasi ekanligi aniqlangan. IIB tomonidan unga nisbatan o'z.R. JKning 276-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.Tergovni IIB olib bormoqda.

Farg'ona viloyati axborot xizmati

Text to speech