30 May 2022 yil 433

Tomorqasida 98 tup “Koʻknori” va 1 tup “Kannabis” oʻsimligi parvarishlayotgan shaxs aniqlandi  

 

Margʻilon shahri. Joriy yilning 19-may kuni Margʻilon shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.D ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, tomorqasida 98 tup “Koʻknori” va 1 tup “Kannabis” oʻsimligiga oʻxshash oʻsimliklarni parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech