6 Iyun 2022 yil 253

Avtomashina salonidan videoregistratorni oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

Fargʻona shahar.Fuqaro X.F IIBga murojaat qilib, unda 12-may kuni soat 08:30 dan 11:30 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs Fargʻona koʻchasida joylashgan avtoturargoxda qarovsiz qoldirgan “Matiz” rusumli avtomashinasi salonida boʻlgan  videoregistratorni oʻgʻirlab, voqea joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Farg'ona shahar IIO FMB 2-son IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni R.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech