Аvtomashina salonidan telefon apparati, pul va fuqarolik pasporti solingan xamyonni yashirin ravishda oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Qoʻqon shahar. R.O ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 21-may kuni noma’lum shaxs Navbahor koʻchasida joylashgan savdo kompleksi oldida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan “Damas” rusumli avtomashinasi salonidan narhi 1.000.000 soʻmlik “Red Mi” rusumli uyali telefon apparati, 800.000 soʻm pullari va fuqarolik pasporti solingan ayollar xamyonini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni D.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati