22 Iyul 2022 yil 398

Uyali telefon apparatini firibgarlik bilan qoʻlga kiritgan shaxs aniqlandi

Fargʻona shahar.Fuqaro Sh.O IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 22-may kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, narxi 2.500.000 soʻmlik “RedMI” rusumli telefon apparatini vaqtincha foydalanib soʻng qaytarib berishini aytib olib ketib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni X.D sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech