20 Iyul 2022 yil
422
435 kg goʻsht mahsulotlarini sotib olib pullarini bermagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Qoʻqon shahar.2022-yilning may oyida Z.N tanishi Yu.U.ning ishonchiga kirib pulini 2-3 kunda olib kelib berishini aytib jami 435 kg boʻlgan 28.000.000 soʻmlik goʻsht mahsulotlarini olib goʻsht mahsulotlari boshqa shaxslarga sotib yuborib firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati