30 Noyabr 2021 yil 1821

Voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlarning ish faoliyati joylarda oʻrganilmoqda

Fargʻona viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik U.Toshpoʻlatov Fargʻona shahar Хalq ta’limi boʻlimiga qarashli 19-sonli maktabida boʻlib, ushbu maktabga biriktirilgan voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, maktab oʻquvchilari bilan uchrashib, voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, qarovsizlik va nazorasizlikning oldini olish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, giyohvandlik va boshqa zararli illatlardan, salbiy ta’sirlardan saqlash mavzusida suhbat oʻtkazdi.

Maktab pedagog-oʻqituvchilar jamoasi bilan uchrashib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-son qarori talablari asosida tashkil etilgan voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar haqidi muloqot qildi. Muloqot jarayonida umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida psixologik muhitni yaxshilash, voyaga yetmaganlar orasida qonunbuzilishlarga murosasiz munosabatda boʻlish hissini shakllantirish, muammoli oʻquvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlash boʻyicha vazifalar boʻyicha zarur tavsiyalar berdi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech