Voyaga yetmaganlar fuqaroning telefon apparatini aldab qoʼlga kiritishdi
Toshloq tumani. Fuqaro T.N IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 27 fevralь kuni nomaьlum shaxs ishonchiga kirib, uning narxi 1.500.000 soʼmlik "Samsung S-9" rusumli telefon apparatini sotib olishga kelishib, pullarini avtomashinasidan olib kelishini aytib, telefon apparatini firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritib, hodisa joyidan ketib yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni voyaga yetmaganlar B.M va X.E sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʼlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati