Voyaga yetmagan shaxs velosiped oʻgʻirladi
Qoʻqon shahar. Poʻstindoʻz koʻchasida joylashgan koʻp qavatli xonadonlarda yashovchi fuqaro N.A IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 09-noyabr kuni noma’lum shaxs yashash uyining kirish qismida qarovsiz qoldirilgan narxi 1.800.000 soʻmlik “Snooky” nomli velosipedni yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan J.O sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati