24 Dekabr 2022 yil 390

Voyaga yetmagan shaxs telefon apparatini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritdi

Qoʻqon shahar. Fuqaro M.B IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 25-oktabr kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, narxi 2.450.000 soʻmlik “Redmi Нotе 10С” rusumli uyali telefon apparatidan foydalanib olishini aytib, firibgarlik yoʻli bilan telefon apparatini qoʻlga kiritib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan X.M sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqdayu

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech