9 Noyabr 2022 yil 399

Voyaga yetmagan shaxs talonchilikka qoʻl urdi

Fargʻona shahar.05-noyabr kuni voyaga yetmagan N.I Sayilgoh koʻchasida voyaga yetmagan S.J.ning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib, uning qoʻlida boʻlgan narxi 3.500.000 soʻmlik “Samsung A-23” rusumli telefon apparatini qoʻlidan tortib olib, ochiqdan-ochiq talonchilik yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech