Voyaga yetmagan shaxs fuqaroning plastik kartasidan 14 milliondan ziyod pullarni oʻgʻirladi
Oʻzbekiston tumani.Fuqaro Q.B IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 22-oktabr kuni noma’lum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasiga kompyuter tizimi orqali ruxsatsiz kirib, plastik kartasi hisobida boʻlgan jami 14.321.250 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, yechib olganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan M.M sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib
borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati