4 Noyabr 2021 yil 4421

FARGʻONA VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI ICHKI ISHLAR ORGANLARI XIZMATIGA NOMZODLAR TANLOVINI E’LON QILADI

Xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda, Fargʻona viloyatida doimiy roʻyhatda turuvchi, yoshi oʻn sakkizdan kichik va oʻttizdan katta boʻlmagan, shu jumladan oʻttiz yoshdagi ham, OLIY TAʻLIM MUASSASALARINING HUQUQSHUNOS, PSIXOLOG MUTAXASSISLIKLARINI HAMDA PEDAGOGIKA YOʻNALISHI BOʻYICHA TAMOMLAGAN, sogʻligʻining holati va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

Bunda, boʻyi 165 sm.dan past boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni oʻtagan va oliy ta’lim muassasini harbiy kafedrasini tamomlagan erkaklar hamda boʻyi 160 sm.dan past boʻlmagan ayollar qatnashishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar 2021-yilning 4-noyabr kunidan 7-noyabr kuniga qadar, yashash hududlarida joylashgan Ichki ishlar organlarining Kadrlar bilan taminlash guruhlariga murojaat etishlari lozim.

Nomzodlar oʻzlari bilan “fuqarolik pasporti” (nusxasi bilan), “harbiy guvoxnomasi”, Diplomlarini olib kelishlari talab etiladi.

Murojaat uchun telefon: 73-244-15-56.

FARGʻONA VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI MANAVIY-MARIFIY ISHLAR VA KADRLAR BILAN TAMINLASH XIZMATI

Text to speech