13 Dekabr 2021 yil 265

Fargʻona viloyatida qidiruvdagi shaxslar qoʻlga tushdi

12-dekabr kuni Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismida (bezorilik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan D.H.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Fargʻona tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan I.R.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech