Fargʻona viloyat hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida “Dolzarb-40 kunlik” maxsus profilaktik tadbiri davom etmoqda
Joriy yilning 21-noyabr kuni jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tungi xizmatga jalb qilingan xodimlarga jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarni ayniqsa tungi vaqtda sodir etishi mumkin boʻlgan jinoyatlarni oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan yoʻriqnoma berilib xizmatga chiqarildi.
Tadbir davomida 4 ta ochilmay qolgan jinoyat fosh etildi, 3 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi. Energiya resurslarini talon-taroj qilish bilan bogʻliq 20 ta holatga chek qoʻyildi. 5 ta jinoyat fosh qilindi. Bular, giyohvandlik bilan bogʻliq 3 ta, foxishaxona saqlash 1 ta, yer resurslarini noqonuniy savdosi 1 ta.
Jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish yoʻnalishida huquqbuzarlik sodir etgan 1120 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Oʻtkazilgan “tigʻ” tadbirlarida qonunga xilof ravishda oʻtkir tigʻli jism va buyumlarni olib yurgan 21 nafar shaxs aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. Spirtli ichimliklarga ruju qoʻygan, giyohvandlik kasaliga chalingan shaxslar majburiy tartibda davolanishga yuborildi.
Jamoatchilik bilan birgalik sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan mahalla fuqarolar yigʻinlarida muhokamalar oʻtkazildi.
Yoʻl harakati xavfsizligiga oid nazorat boʻyicha Yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq 398 ta huquqbuzarliklar aniqlanib, tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, yoʻl xarakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan 267 nafar haydovchilarning transport vositalari jarima maydonlariga olib kirildi.
Tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axyuorot xizmati