Fargʻona viloyatida 2 nafar qidiriruvdagi shaxslar qoʻlga olindi
23-dekabr kuni Fargʻona viloyati IIB JQB Qidiruv ishlarini tashkillashtirish boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismida (bezorilik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruvda boʻlgan M.A.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB JQB Qidiruv ishlarini tashkillashtirish boʻlimi hamda Viloyat IIB PPX va JTSB 1-batalon xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli Quva tamani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruvda boʻlgan A.O.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati